Ruminiya Turkiyaning YI a’zoligini qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi

Ruminiya hukumati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Bosh vazir Dancila, Turkiyaning Buxarest elchisi Fusun Aramazni qabul qildi.

1162421
Ruminiya Turkiyaning YI a’zoligini qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi

Yevropa ittifoqining navbatdagi vaqtinchalik rahbari Ruminiya Bosh vaziri Viorica Dancila, Turkiyaning YI a’zoligini qo’llab-quvvatlashni davom ettirishini belgilab o’tgan holda,

“Turkiya YI uchun muhim sherik hisoblanadi” dedi.

Ruminiya hukumati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Bosh vazir Dancila, Turkiyaning Buxarest elchisi Fusun Aramazni qabul qilgan.

Unda Dancila, ikkala mamlakat o’rtasidagi strategik sheriklikka tayangan munosabatni nazarda tutgan holda Turkiyaning YI tarkibidagi davlatlardan tashqari Ruminiyaning eng muhim iqtisodiy sherigi ekanligini qayd etgan.

Turkiyaning YI a’zoligini qo’llab-quvvatlashni davom ettirishini belgilab o’tgan Viorica Dancila, Yevropa ittifoqining vaqtinchalik rahbarligi jarayonida Ruminiyaning konstruktiv dinamikani tashviq etishini qayd etdi.   

Bosh vazir Dancila, Turkiyaning mintaqadagi qiyinchiliklarni boshqarganligini va mushtarak manfaatlarni kuzatganligini ta’kidlagan holda, “Turkiya YI uchun muhim sherik hisoblanadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiyaning Buxarest elchisi Fusun Aramaz esa Turkiyaning Ruminiya bilan judayam yaqin va kuchli munosabatda ekanligini eslatgan holda shuning uchun ham hamkorligini har tarmoqda yana-da orttirish uchun kerakli faoliyatlarni amalga oshirishini va turli loyihalarning tamomlanishi masalasida yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan ishlar kutilayotganligiga to’xtaldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar