YPG/ PYDning zulmlari, BMTning kun tartibida o’rin oldi

YPG/ PKK terror tashkiloti Hasekeda, 2017-yili bosib olgan Hol lagerida majburlab olib ketgan tinch aholini, dahshatli shart-sharoit ichida olib o’tiripdi.

1162002
YPG/ PYDning zulmlari, BMTning kun tartibida o’rin oldi

Suriyaning Haseke shahrida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Hol lageridagi zulmlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining kun tartibida o’rin oldi.

YPG/ PKK terror tashkiloti Hasekeda, 2017-yili bosib olgan Hol lagerida majburlab olib ketgan tinch aholini, dahshatli shart-sharoit ichida olib o’tiripdi.

Yanvar oyidan beri Bagozdan mazkur lagerga yetib kelish uchun 300 kilometrlik yo’lni bosib o’tgan bolalardan 60 nafari jon berdi.

YPG/ PKK terror tashkiloti lagerdagilarga nisbatan xorlovchi munosabatda.

Tashkilot shu doirada tinch aholini suratga olib, hujjatlarini tortib olmoqda. Hijobli ayollarning ro’mollarini yechtirib, ustini tintuv qilmoqda va sovuq havo sharoitida bir necha soatgacah huddi shunday vaziyatda olib o’tirmoqda.

Gigiena talablariga yetarlicha javob bermagan hammomlar, yirtiq chodirlar, foydalanish muddati tugayotgan oziq-ovqatlar xronik kasalliklari borlar uchun dori-darmon ta’minlash, kasallarga qaray olmaslik lagerlardagilarning eng muhim muammolaridan biridir.

2017-yildan beri lagerda YPG/ PKK zulmi va noqulay shart-sharoitlar tufayli qariyb 100 nafar yosh bola, 10 nafar ayol kishi va 1 nafar keksa jon bergan.

Jon bergan yosh bolalardan 6 nafari YPG/PKKga a’zo terroristlarning e’tiborsiz foydalangan avtomobillari ostida ezilgan ravishda jon berdi.

YPG/PKK terror tashkiloti bugungi kunda Suriya tuproqlarining 28 foizini bosib olgan ravishda. Ular bosib olgan mintaqalarda majburlash yo’li orqali qurol ostiga olish voqealari, tutqunga olish, surgun qilish, mol-mulklarni tortib olish, muxolafat ko’z qarashdagi tinch aholi bilan siyosiylarni olib qochirish, maktablarda terror tashkilotini qo’llab-quvvatlagan mazmundagi darslarning berilishida oyoq tirash, ozchiliklarga qarshi shiddat kabi huquq paymollari tez-tez xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqid qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar