Javod Zarif, o’lkasi bilan Iroq o’rtasidagi vizalarni bekor qilishni taklif qildi

Eron Tashqi Ishlar  Vaziri Javod Zarif, o’lkasi bilan Iroq o’rtasidagi vizalarni bekor qilishni taklif qilganini e’lon qildi.

1160658
Javod Zarif, o’lkasi bilan Iroq o’rtasidagi vizalarni bekor qilishni taklif qildi

Eron Tashqi Ishlar  Vaziri Javod Zarif, o’lkasi bilan Iroq o’rtasidagi vizalarni bekor qilishni taklif qilganini e’lon qildi.

Eron  davlat mediasida o’rin olgan xabarlarga ko’ra, Prezident Hasan Ruhoniy bugun Iroqqa uyushtiradigan safar oldi poytaxtda uchrashuvlarda bo’lgan Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad  Javod Zarif, Iroq matbuotiga  bayonotlar berdi.

Ikki o’lka delegatsiyasi kecha bo’lib o’tgan uchrashuvida Eron bilan Iroq o’rtasida viza bilan aloqali bir kelishuv ta’min etildi deb  aytgan Zarif,

“ Iroqlik birodarlarimizga vizalar ikki tomonlama butunlay bekor qilinsin  yoki pulsiz bo’lishini taklif qildik.  Bu ham bo’lmasa viza haqini ma’qul saviya olib kelishni taklif qildik. Muzokaralar davom etmoqda.  Bu mavzuda yaxshi xabarlar beramiz deb umid qilamiz.” deb qayd etdi.

Zarif, Bag’dod uchrashuvlari doirasida Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad  Ali al Hakim bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvdan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuoti anjumanida bugun neft, tabiiy gaz   va elektr sektorida mushtarak  kelishuv memorandum imzolanadi deb qayd etgan edi.






 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Iroq , #Viza , #Bekor

Aloqador xabarlar