Suriyaning taranglikni kamaytirish zonasi chegarasidagi hujumida yana 4 kishi jon berdi

Rejim kuchlari Turkiya va Rossiya o’rtasida Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish uchun qo’l qo’yilgan Sochi kelishuviga qaramay hujumlarini vaqti-vaqti bilan davom ettirmoqda.

1160428
Suriyaning taranglikni kamaytirish zonasi chegarasidagi hujumida yana 4 kishi jon berdi

Suriyaning Idlib viloyatidagi taranglikni kamaytirish zonasi chegarasida joylashgan Jisr ash-Shug’ur shaharchasida uyushtirilgan havo hujumida 4 nafar tinch aholi jon berdi.

Idlibdagi harbiy bo’lmagan mudofaa tashkiloti (oq kaskaliklar) rahbari Mustafa Xoji Yusuf mavzu haqida bergan bayonotida, oqshom soatlarida Jisr ash-Shug’ur shaharchasida uyushtirilgan havo hujumi ortidan qidiruv va qutqaruv faoliyatlari olib borgan harbiy bo’lmagan mudofaa guruhining bir urush uchog’i tomonidan nishonga olinganligi qayd etdi.

Xoji Yusuf hujum oqibatida 4 kishining jon berganligini, 2 kishining tan jarohati olganligini ham o’z so’ziga ilova etdi. Ifoda etilishicha jon berganlardan biri, harbiy bo’lmagan mudofaa guruhining ixtiyoriy a’zosi edi.  

Muxolafat guruhiga oid havo observatoriyasining ijtimoiy media hisobi orqali berilgan bayonotida ham Himeymim harbiy bazasidan ko’tarilgan “SU 34” rusumidagi rus urush uchog’ining Jisr ash-Shug’ur tumaniga qarshi hujum uyushtirganligi qayd etildi.

Bashar al-Asad rejimi bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning ham Idlibning Xon Shayhun va Serakib tumani, Maarshurin, al-Najiyye, Tel Mennis va Der al-Sharki qishlog’i, Hamma viloyatining shimolidagi Latamina va Kefer Zita tumanlariga qarshi hujumlari, tong sahardan beri davom etmoqda.

Undan tashqari Asad rejimiga oid urush uhoqlarining ham oqshom soatlarida havo hujumlarini boshlatganligi ma’lum qilindi.

Asad rejimi bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning Sochi kelishuviga amal qilmagan holda, Idlibdagi taranglikni kamaytirish zonasi chegarasidagi tinch aholining turar-joy punktlariga qarshi bu yilning boshidan beri havodan va quriqlikdan uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 116 nafar tinch aholi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 342 dan ortiq tinch aholi tan jarohati olgan.

Rejim kuchlari Turkiya va Rossiya o’rtasida Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish uchun qo’l qo’yilgan Sochi kelishuviga qaramay hujumlarini vaqti-vaqti bilan davom ettirmoqda. Rejim tomonidan qo’l uriladigan hujumlarning oldini olishdan Rossiya javobgardir. Chunki Rossiya, Ostona shartnomasi asosida Asad rejimining kafil mamlakatidir.

Harbiy muxolafat esa 2018-yilning 17-sentabri kuni qo’l qo’yilgan kelishuvga asosan hududni og’ir qurollaridan 2018-yilning 10-oktabri kuni xalos qilgan.

 

 



Aloqador xabarlar