Malavi Respublikasida sodir bo’lgan suv toshqinlarida 23 kishi halok bo'ldi

Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofat oqibatida 22 mingdan ko‘proq uyga talofat yetgan. 11 kishi bedarak yo’qolgan.

1160177
Malavi Respublikasida sodir bo’lgan suv toshqinlarida 23 kishi halok bo'ldi

 

Afrika qit'asida joylashgan Malavi Respublikasida sodir bo’lgan suv toshqinlari kamida 23 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Malavi xavfsizlik vaziri Nikolas Dausi ma’lum qilishicha, mamlakat janubida 4 kundan buyon davom etgan kuchli yog’ingarchiliklar va suv toshqinlari oqibatida 23 kishi halok bo’ldi.

Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofat oqibatida 22 mingdan ko‘proq uyga talofat yetgan. 11 kishi bedarak yo’qolgan. Yuzlab insonlar yaralangan.

Ta'kidlanishicha, toshqinlar bilan qamrab olingan hududlarda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Malavi Respublikasi , #suv toshqinlari

Aloqador xabarlar