AQSh havo kuchlari bosh kotibi Heather Vilson o'z vazifasidan iste'fo etmoqchi...

AQSh havo kuchlari bosh kotibi Heather Vilson AQSh prezidenti Donald Trumpga iste'fo maktubini yo'lladi.

1160155
AQSh havo kuchlari bosh kotibi Heather Vilson o'z vazifasidan iste'fo etmoqchi...

AQSh havo kuchlari bosh kotibi Heather Vilson o'z vazifasidan iste'fo etish arafasida ekanligini ama'lum qildi.

Kotib Vilson AQSh prezidenti Donald Trumpga yozgan iste'fo maktubida o'zining Texas Universiteti rektorligiga yagona nomzod etib ko'rsatilganligini va agarda rektorlik uchun yetarli ovoz oladigan bo'lsa Havo kuchlari bosh kotibligi lavozimidan 1 may kuni iste'fosi etish to'g'risidagi arizasi qabul etilishini talab qildi.

AQShning sobiq mudofaa vaziri Jim Mattis o'z vazifasidan iste'foga chiqqandan so'ng, kotib Vilson ushbu vazirlik lavozimga chiqishi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri edi.

AQSh matbuotida tarqatilgan ayrim xabarlarga ko'ra, AQSh prezidenti Donald Trump mudofaa vazirligi lavozimi uchun Patrik Shanahanni tayinlamoqchi bo'lib turibdi.

Qolaversa kotib Vilsonning Patrik Shanahan bilan kelisha olmaganligi tufayli Texas Universiteti rektorligiga nomzod bo'lishga rozi bo'lganligi aytilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Heather Vilson , #iste'fo

Aloqador xabarlar