Hindiston va Pokiston o'rtasidagi Kashmir mojarosi...

Turkiya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya va Rossiya tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi.

1156428
Hindiston va Pokiston o'rtasidagi Kashmir mojarosi...

Hindiston va Pokiston chegarasida joylashgan Kashmir hududidagi to’qnashuvlar tufayli, tahlika ostidagi tinch aholi xavfsiz boshpanalarga joylashtirildi.

Kashmirdagi chegara nazorat hududining Pokiston tomonida joylashgan Ozod Kashmir aholi punktida 200ga yaqin oila evakuatsiya qilindi. Ular hukumat tomonidan qurilgan boshpanalarga joylashtirildi.

Pokiston hukumati vakili Muazzam Zafar ma’lum qilishicha, chegaradagi havo hujumlariga qarshi aholini himoya qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar olinmoqda. Tinch aholi vakillari atom bombaga qarshi maxsus himoyalangan boshpanalarga to’planmoqda. Ularga davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon va toza ichimlik suvi tarqatilmoqda.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevral kuni xudkush bombachining Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida politsiya kolonnasi oldida o‘zini portlatgandan keyin keskinlashdi. Portlashda 44 nafar hindistonlik harbiy xizmatchi halok bo’ldi.

Hujum uchun javobgarlikni “Jayishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Yangi Dehli hukumati Pokistonni hujumni sodir etgan jangarilarni qo’llab-quvvatlaganlikda aybladi. Hujumni qoralagan Pokiston hukumati esa ayblovlarni qat’iyan rad etdi.

Eslatish joizki, Hindiston 26 fevral kuni mojaroli Kashmir hududining Pokiston tomonida joylashgan terror ob’yektlarini portlatganligini ma’lum qilgan edi.

Pokiston ham havo maydonini oyoq osti qilganlikda ayblab Hindistonga qarashli ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirganini ma'lum qilgan.

Pokiston hukumati va qurolli kuchlari ikki davlat o’rtasida keskinlikning avj olishi tarafdori emasligini bildirdi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokistonni mamlakatni notinchlikka yetaklaganlikda aybladi. Uning ma'lum qilishicha, mamlakat dushmanlari vaziyatni beqarorlashtirish uchun teraktlar va fitnalardan foydalanmoqda. 

Turkiya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya va Rossiya tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Hindiston , #Kashmir

Aloqador xabarlar