AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi bilan bosh konsulligi birlashmoqda

“Al-Qudsdagi AQSh elchixonasi va bosh konsulligi bugun, 4 mart kunidan e’tiboran bir idora qoshida “AQSh elchixonasi” sifatida ishlashni boshlaydi",-deyiladi AQSh davlat departamenti bayonotida.

1156199
AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi bilan bosh konsulligi birlashmoqda

AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi bilan bosh konsulligi bugun 4 mart kuni birlashtiriladi.

Bu haqda AQSh davlat departamenti yozma bayonot berdi.

“Al-Qudsdagi AQSh elchixonasi va bosh konsulligi bugun, 4 mart kunidan e’tiboran bir idora qoshida “AQSh elchixonasi” sifatida ishlashni boshlaydi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning 2018 yil 18 oktyabr kuni elchixona va bosh konsullikni birlashtirish haqida e’lon qilgach, bu haqda qaror qabul qilindi”,-deyiladi bayonotda.

 Bundan buyon barcha diplomatik faoliyatlar Al-Qudsdagi AQSh elchixonasi tomonidan olib boriladi. G‘arbiy qirg‘oq va G‘azo sektoridagi ishlar esa, Al-Qudsdagi AQSh elchixonasining Falastin ishlari bo’yicha bo’limi tomonidan yuritiladi.

Bayonotga ko‘ra, bu qaror diplomatik munosabatlarning samaradorligi va unumdorligini oshirish maqsadida qabul qilingan. Bu bilan AQShning Al-Quds, G‘arbiy qirg‘oq va G‘azo sektoriga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi.

Eslatish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yil 6 dekabr kuni Al-Qudsni Isroilning poytaxti deb tan olgan edi va Tel Avivdagi AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko’chirishga qaror bergan edi.

Barcha e’tirozlarga qaramay, AQSh Tel Avivdagi elchixonasini tantanali marosim bilan Al-Qudsga ko’chirgan edi.

Isroil askarlari AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko’chirilishini va Isroil tashkil topgan kun – Nakbaning (Buyuk falokat) 70 yilligini qoralash uchun G’azo sektorida to’plangan namoyishchilardan 60 nafarini qatl etgan edi, 2770 dan ortiq falastinlikka jarohat yetkazgan edi.

 



Aloqador xabarlar