AQShning Alabama shtatida ro'y bergan to'fonda 22 kishi halok bo'ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitter orqali Alabama shtati xalqini ehtiyotkor bo’lishga chaqirdi.

1156136
AQShning Alabama shtatida ro'y bergan to'fonda 22 kishi halok bo'ldi

 

AQShning Alabama shtatida ko’tarilgan to’fon falokati 22 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Tegishli vakillar ma’lum qilishicha, Alabamaning Li Kaynti hududida ro’y bergan to’fonda qurbonlar soni 22 kishiga yetgan. Halok bo’lganlar orasida yosh bolalar ham bor. Jarohatlanganlar soni ko’pchilikni tashkil qiladi.

Kuchli to’fondan so’ng yuzaga kelgan quyun daraxtlarni ildizidan sug’urib tashlagan va uylarga zarar yetkazgan.

Tabiiy ofat Georgia shtati janubi g’arbiga ham o’z kuchini ko’rsatmoqda. Ko’plab uylarning tomlari uchib ketgan va derazalari sinib ketgan. Ba’zi uylarning ustiga ulkan daraxtlar sinib tushgan.

Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Tegishli vakillar Florida va Janubiy Karolina shtati aholisini to’fon falokatiga qarshi ogohlantirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitter orqali Alabama xalqini ehtiyotkor bo’lishga chaqirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #to'fon , #tabiiy ofat , #quyun , #Alabama

Aloqador xabarlar