Isroil armiyasi tomonidan G’azoga qarshi havo hujumi uyushtirildi

Isroilning urush uchoqlaridan biri, G’azodagi Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadasiga oid nazorat nuqtasiga qarshi hujum uyushtirdi.

1155933
Isroil armiyasi tomonidan G’azoga qarshi havo hujumi uyushtirildi

Isroilning urush uchoqlaridan biri, G’azodagi Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadasiga oid nazorat nuqtasiga qarshi hujum uyushtirdi.  

G’azoning markazida o’rin olgan al-Mag’oziy lagerining sharqida uyushtirilgan mazkur hujum oqibatda jon berganlarning bor yoki yo’qligi haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Falastin Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan ham mavzu haqida umuman bayonot berilgani yo’q.

Isroil armiyasi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda esa havo hujumining G’azoga yaqin nuqtadagi yahudiy turar-joy punktlariga otilgan portlaguvchi modda yuklangan sharlarga javob tariqasida uyushtirilganligi aytildi.

Falastinliklar 2018-yilning 30-martidan beri bosib olingan G’azo sektorining Isroil chegarasida tinchlik uchun namoyish o’tkazib kelmoqda.

Namoyishlar chog’ida vaqti-vaqti bilan Isroil tomoniga olovli sharlar ham yuborilmoqda.

Isroil askarlari esa “badarg’a qilingan tuproqlariga qaytishni va 2006-yildan beri G’azoga nisbatan yo’lga qo’yilgan noqonuniy bosib olishlarning to’xtatilishini” talab qilgan tinch aholining ustiga haqiqiy o’qlar orqali hujum qilmoqda.

Isroil askarlarining 30-martdan beri davom etgan namoyishlarga aralashuvi oqibatida esa falastinliklardan 230 dan ortiq kishi shahid bo’ldi.   

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Izzaddin al-Qassam , #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar