Afg’onistondagi sel falokati 12 kishining umriga, 18 kishining sog’ligiga zomin bo’ldi

Afg'onistonda bir necha kundan beri davom etgan og’ir yog’ingarchilik, sel falokatiga yo’l ochdi.

1155760
Afg’onistondagi sel falokati 12 kishining umriga, 18 kishining sog’ligiga zomin bo’ldi

Afg’onistonning sharqida joylashgan Qandahor shahrida yuz bergan sel falokatida 12 kishi jon berdi.

Qandahor shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra, viloyat bo’ylab bir necha kundan beri davom etgan og’ir yog’ingarchilik sel falokatiga yo’l ochgan.  

Bayonotda sel suvlari oqibatida jon berganlardan tashqari 18 kishining tan jarohati olganligi ifoda etildi.

Sel falokati yuzasidan 1 575 uyning ziyon ko’rganligi aytilgan bayonotda, yuzlab kishining vertolyot orqali qutqarilganligi belgilab o’tildi.

Shahar hokimligi yuzlab hayvonning o’limiga ham yo’l ochgan sel falokati tufayli ba’zi qishloqlarga yetib borish imkonining yo’qligi ham qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar