Qatar, Pokiston bilan havo safarlarini bekor qildi

Qatar Noharbiy Havochilik Kengashidan berilgan yozma bayonotda, Pokistonning havo maydonlarini yopishi bilan Qatardan Pokistonda amalga oshirilgan barcha havo safarlarini bekor qilgani bildirildi.

1154073
Qatar, Pokiston bilan havo safarlarini bekor qildi

 

Qatar, Pokiston bilan havo safarlarini bekor qildi.

Qatar Noharbiy Havochilik Kengashidan berilgan yozma bayonotda, Pokistonning havo maydonlarini yopishi bilan Qatardan Pokistonda amalga oshirilgan barcha havo safarlarini bekor qilgani bildirildi.

Bayonotda, Yo'lovchilarning va samolyotlarning xavfsizligi uchun har turli tadbir chora olinishini va mavzuni yaqindan kuzatib bırishlarini bildirdi.

Hindiston va Pokiston o'rtasidagi taranglikdan keyin Pokiston havo maydonlarini yopgan edi.

Hindiston bilan Pokiston o'rtasidagi so'ngi taranglik, Hindistonda 14-fevral kuni politsiya kuchiga bog'li militsiyaga qarshi uyushtirgan va 44 kishi qurbon bo'lgan hujumdan keyin boshladi.

Yangi Dehli boshqaruvi, hujum bilan aloqali Pokistonni aybladi. Hujumni qoralagan Pokiston esa bu aybni rad etdi.

Hindiston, 26-fevral kuni Kashmir Nazorat Tarmog'ining Pokistn tomonida bo'lgan terror tashkilotining makonlarini bombalaganini ma'lum qildi.

Pokiston ham kecha, havo maydonlarini poymol qilganini ilgari surib Hindistonga oid harbiy samolyotni urib tushirganini bildirdi. Shuningdek Pokiston samolyotlari Hindiston havo maydoniga kirdi.

Hindistonning kecha, Pokistonga oid bir harbiy samolyotini urib tushirganini ilgari surar ekan, Islomobod boshqaruvi buni rad etdi.

O'zgarishlardan keyin Pokiston havo maydonlarini yopdi, Hindiston esa ayrim aeraportlardan safarlarni to'xtatdi.


 



Aloqador xabarlar