Yevropa Ittifoqi AQShni Venesuelaga qo’shin kiritishdan uzoq turishga chaqirdi

“Venesueladagi notinchlik tinchliksevar va demokratik yo’llar bilan hal qilinishi kerak. Harbiy kuch ishlatishdan uzoq turish kerak”,-deyiladi bayonotda.

1152518
Yevropa Ittifoqi AQShni Venesuelaga qo’shin kiritishdan uzoq turishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi AQShni Venesuelaga qo’shin kiritishdan uzoq turishga chaqirdi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqi komissiyasi vakili Maja Kojijancic bayonot berdi.

“Venesueladagi notinchlik tinchliksevar va demokratik yo’llar bilan hal qilinishi kerak. Harbiy kuch ishlatishdan uzoq turish kerak”,-deyiladi bayonotda.

Venesuelada aksariyati muxoliflar qo’lida bo’lgan parlament rahbari Xuan Guaydo o’tgan oy o’zini “vaqtinchalik davlat rahbari” deb e’lon qilgan edi.

Buni AQSh, Avstraliya, Kanada, Kolumbiya, Peru, Ekvador, Paraguay, Braziliya, Shili, Panama, Argentina, Kosta Rika va Guatemala kabi davlatlar tan oldi. Oxirgi Yevropa parlamenti ham Guaydoni qo’llab-quvvatlashga qaror berdi.

Turkiya, Meksika, Rossiya, Eron, Kuba, Xitoy va Boliviya esa Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumati qo’llab-quvvatladi.

 Maduro bu o’zgarishlardan so’ng, AQSh bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatganligini, biroq savdo-iqtisodiy aloqalar davom etishini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp vaziyatni bahona qilib, Venesuelaga qo’shin yuborishni alternativalardan biri sifatida ilgari surgan edi.


 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #AQSh , #Venesuela

Aloqador xabarlar