Eronning Eher shahrida 73 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlandi

Eher shahridagi "Bakir Al-Ulum" shifoxonasi bosh shifokori Hujjet Porfethi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan 73 kishidan 3 nafarining ahvoli og’ir ekanligini ta’kidladi.

1152098
Eronning Eher shahrida 73 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlandi

 

Eronning Eher shahrida 73 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlandi.

Eron rasmiy xabar agentligi IRNA ma’lum qilishicha, Eher shahridagi "Bakir Al-Ulum" shifoxonasi bosh shifokori Hujjet Porfethi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan 73 kishidan 3 nafarining ahvoli og’ir ekanligini ta’kidladi.

Shifokorning so’zlariga ko’ra, zaharlanganlar 19 va 50 yosh atrofidagi insonlar. Ularning aksariyati Eher shahriga qarashli Vergehan qishlog’ida yashovchi tinch aholi vakillari.

Eronda spirtli ichimlik iste’mol qilish man qilinganiga qaramay, ba’zi uylarda va maxfiy sexlarda spirtli ichimlik ishlab chiqarilayotganligi aytiladi.

Eron qonunlariga ko’ra, spirtli ichimlik ishlab chiqargan va savdosi bilan shug’ullangan shaxslar 6 oydan 1 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etiladim yoki 74 darra urish jazosiga tortiladi.

Shu bilan birga, spirtli ichimlik iste’mol qilgan shaxslarga esa 80 darra urish jazosi beriladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #qalbaki spirtli ichimlik

Aloqador xabarlar