Hindistonda qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan 150 kishi halok bo'ldi

Sog’liqni saqlash vaziri Himanta Bisva Sharmaning ta’kidlashicha, qalbaki spirtli ichimliklardan iste’mol qilgan yana taxminan 200 kishi shifoxonaga yotkizilgan. Ulardan ba’zilarining ahvoli og’ir.

1151372
Hindistonda qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan 150 kishi halok bo'ldi

Hindiston shimolida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida qurbonlar soni 150 kishiga yetdi.

Xavfsizlik xodimlari ma’lum qilishicha, Assam shtatiga qarashli Go’laghat va Jorhat hududlarida qalbaki spirtli ichimlikdan 66 kishi zaharlanib halok bo’lgan, shu bilan qurbonlar soni 150 kishiga yetgan.

Sog’liqni saqlash vaziri Himanta Bisva Sharmaning ta’kidlashicha, qalbaki spirtli ichimliklardan iste’mol qilgan yana taxminan 200 kishi shifoxonaga yotkizilgan. Ulardan ba’zilarining ahvoli og’ir.

Hukumat vakili Julia Sonovalning so’zlariga ko’ra, qurbonlar orasida Assam shtatidagi choy plantatsiyalarida mehnat qilgan ayollar ham bor. Qalbaki spirtli ichimlikdan mas’ul ekanlikda gumon qilingan 9 kishi qo’lga olingan.

Ushbu voqea mamlakatning Uttar-Pradesh va Uttarakxand shtatlarida sodir bo’lgan bo’lib, dastlab 99 kishi qalbaki spirtli ichimlik tufayli halok bo’lgandi.

Eslatish joizki, Hindistonning qishloq joylarida qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan arzon spirtli ichimliklar keng tarqalgan. Unga ko‘pincha o‘ta xavfli metanol moddasi qo‘shiladi. 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar