Qozog'iston, pul banknotlarini faqat ona tilida chop etadi

Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, pul banknotlari va tangalarni faqat ona tilida bosib chiqish qarorini imzoladi.

1151062
Qozog'iston, pul banknotlarini faqat ona tilida chop etadi

 

Qozog'iston, pul banknotlarini faqat ona tilida chop etadi.

Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, hozirgi kungacha kuchda bo'lgan ham Qozoqcha ham Ruscha yozilgan pul banknotlari va tangalarni faqat ona tilida bosib chiqish qarorini imzoladi.

Qozog'iston Qonuniy O'zgarishlar Ma'lumot va Huquqiy Tizim internet saytida chop etilgan "Banknot pullar va tangalarni dizayni tasdiqlash" mavzusida qarornomani, "Banknotlar va tangalardagi yozuvlar davlat tilida bo'ladi. Koolektsiya pullarda xorij tillarning ishlatilshiga ruxsat beriladi" deb ifoda etildi.

Qarornomada, oldindan qabul qilingan banknotlarda va tangalarda ham Qozocha ham Ruscha bo'lishini o'z ichiga olgan qarornomaning esa bekor qilingani ham ifoda etildi.

Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning 2003-yilgi qaroriga ko'ra, banknotlar va tanga pullarda ham qozoqcha ham Ruscha yozuvlar, koolektsiya pullarda esa Qozoqcha, Ruscha va boshqa tillar joy olgan edi.

 



Aloqador xabarlar