Qatar va Saudiya Arabistoni qo‘shma harbiy taktik mashg‘ulotlarni o’tkazadi

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Qatar va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining qo‘shma operatsiyalar chog‘idagi hamkorligini takomillashtirishdan iborat.

1149665
Qatar va Saudiya Arabistoni qo‘shma harbiy taktik mashg‘ulotlarni o’tkazadi

Qatar va Saudiya Arabistoni qo‘shma harbiy taktik mashg‘ulotlarni o’tkazadi.

Qatar mudofaa vazirligiga tegishli harbiy xizmatchilar “Al-Jazira qalqoni-10” nomli harbiy mashg’ulotlarda ishtirok etish maqsadida Saudiya Arabistonida joylashgan “Qirol Abdulloh” aviabazasiga yetib bordi.

Qatar harbiy xizmatchilari Saudiya Arabistoni harbiy qo’mitasi rahbari general-mayor Nosir Ibrohim as-Salim tomonidan kutib olindi.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Qatar va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining qo‘shma operatsiyalar chog‘idagi hamkorligini takomillashtirishdan iborat.

Bu haqda Qatar mudofaa vazirligi yozma bayonot berdi.

“Ko’rfazdagi qo’shma harbiy taktik mashg’ulotlar strategik rejalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda, Ko’rfaz hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar o’rtasida moslik va hamkorlikni takomillashtirishni maqsad qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Ko’rfaz davlatlari o’rtasida 2017 yildan buyon inqiroz davom etayotgan bir paytda tashkil qilingan ushbu qo’shma harbiy mashg’ulotlar 12 martgacha davom etadi.

2017 yil 5 iyunda Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA mushtarak qaror qabul qilgan holda, Qatar bilan diplomatik munosabatlarni to’xtatgan edi.

Bu jarayonda mazkur davlatlar Qatarga qarshi iqtisodiy va siyosiy embargo joriy etgan edilar.

Quvayt bu inqirozda o’rtamchilik ro’lini zimmasiga olgan edi.

 



Aloqador xabarlar