Iroq mamlakat hududlarida chet davlatlarga tegishli harbiy bazalarni ko’rishni xohlamaydi

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi rasmiy tashrif bilan Iroqda bo’lgan AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahan bilan poytaxt Bog’dodda uchrashuv o’tkazdi.

1144177
Iroq mamlakat hududlarida chet davlatlarga tegishli harbiy bazalarni ko’rishni xohlamaydi

Iroq hukumati bundan buyon mamlakat hududlarida chet davlatlarga tegishli harbiy bazalarni ko’rishni xohlamaydi.

Bu haqda Iroq bosh vazirlik matbuot xizmati yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiy rasmiy tashrif bilan Iroqda bo’lgan AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahan bilan poytaxt Bog’dodda uchrashuv o’tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Iroq va AQSh munosabatlari, terrorizmga qarshi kurash kabi mavzular muhokama qilindi.

Suhbat chog’ida, Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiy amerikalik vakilga bundan buyon Iroq hududlarida boshqa chet davlatlarga tegishli harbiy bazalarga ruxsat bermasligini ma’lum qildi.

“Iroq mustaqil qaror olish kuchiga ega. Boshqa davlatlarning buyrug’iga bo’y sunmaydi”,-dedi Iroq bosh vaziri.

AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahan esa, “Iroq bilan munosabatlarimizni mustahkamlashtirishni xohlaymiz. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning kelajagiga doir Iroq hukumatining fikrini o’rganish maqsadida Bog’dodga keldim”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh qo’shini DEAShga qarshi kurashda Iroq kuchlariga yordam bermoqchi. Shu bilan birga, Iroq kuchlarining malakasini oshirishga ko’mak berish kabi mas’uliyatga ega.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh , #harbiy baza , #Odil Abdulmehdiy

Aloqador xabarlar