Tolibon Afg’oniston shimolida 4 kishini o’g’irlab ketdi

Ohirgi paytlarda Tolibon jangarilari neft kompaniyalaridan pul undirish maqsadida tankerlarni va uning haydovchilarini og’irlashni odatga aylantirdi.

1137849
Tolibon Afg’oniston shimolida 4 kishini o’g’irlab ketdi

Tolibon radikal harakati Afg’oniston shimolidagi Juzjan viloyatida 4 kishini o’g’irlab ketdi.

Juzjan hokimligi kotibi Feridun Anik bu haqda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, jangarilar Juzjan viloyatidan Mozori-Sharif shahriga yo’l olgan ikki yonilg’i tankerini Akcha tumani hududida to’xtatgan. Ular ikki haydovchi bilan ikki yo’lovchini noma’lum tomonga olib ketgan.

Jangarilar yonilg’i tankerini esa, Akcha tumanidagi nazorati Tolibon qo’l ostida bo’lgan hududga olib ketgan.

O’g’irlab ketilgan 4 kishining taqdiri noma’lum.

Ohirgi paytlarda Tolibon jangarilari neft kompaniyalaridan pul undirish maqsadida tankerlarni og’irlashni odatga aylantirdi.

Tolibon esa bu haqda hamon bir izoh bildirmadi.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar