Afg’oniston-Pokiston chegara hududida 5.8 magnitudali zilzila ro’y berdi

Mahalliy vaqt bilan soat 17:06da yuzaga kelgan zilzila poytaxt Islomobodda va Afg’oniston chegara hududidagi Peshavar viloyati bilan mamlakat sharqidagi Lahor viloyatida ham sezilgan.

1137715
Afg’oniston-Pokiston chegara hududida 5.8 magnitudali zilzila ro’y berdi

Kecha oqshom Afg’oniston-Pokiston chegara hududida 5.8 magnitudali zilzila ro’y bergan.

Bu haqda Pokiston meteorologiya boshqarmasi milliy sismologiya kuzatish markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, 5.8 bal zilzilaning o’chog’i Afg’oniston-Pokiston chegarasida joylashgan Hindikush tog’ida, yerning taxminan 208 km tagida joylashgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 17:06da yuzaga kelgan zilzila poytaxt Islomobodda va Afg’oniston chegara hududidagi Peshavar viloyati bilan mamlakat sharqidagi Lahor viloyatida ham sezilgan.

Hindiston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, zilzila mamlakat shimoli va poytaxt yangi Dehlida ham sezilgan.

Qurbonlar yoki yaradorlarning bor yoki yo’qligi haqida ma’lumot berilmadi.

Bugun tongi 7:38 da Pokistonning Karachi shahrida ham 2.9 bal zilzila sodir bo’lganligi xabar qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Afg'oniston , #Pokiston

Aloqador xabarlar