Eronda uyushtirilgan hujum oqibatida 1 kishi qurbon bo'ldi

Eronning Siston-Belujiston viloyatiga bog'li Nikshehr shahrida bombali hujumda Inqilob Muhofizlari qo'shiniga bog'li 1 kishi jon berdi, 5 kishi tan jarohati oldi.

1137455
Eronda uyushtirilgan hujum oqibatida 1 kishi qurbon bo'ldi

 

Eronning janubiy sharq hududidagi Siston-Belujiston viloyatiga bog'li Nikshehr shahrida uyushtirilgan bombali hujumda Inqilob Muhofizlari qo'shiniga bog'li 1 kishi jon berdi, 5 kishi tan jarohati oldi.

Eron davlat mediasining xabariga ko'ra, Inqilob Muhofizlari qo'shini quruqlik kuchi Quds qarorgohidan berilgan bayonotda bugun ertalab Siston-Belujiston viloyatiga bog'li Nikshehr shahrida terror tashkiloti a'zolari tomonidan sodir etilgan hujum natijasida Inqilob Muhofizlaridan 1 kishining hayotini yo'qutgani 5 kishining esa tan jarohati olgani bildirildi.

Shifoxonada davolanayotgan 2 jabrdidaning ahvoli og'ir ekanligini qayd etildi.



Aloqador xabarlar