Braziliyadagi ekologik ofatda jon berganlar soni 65 nafarga yetdi

Bundan 4 yil muqaddam yani 2015-yili 19 kishining umriga zomin bo’lgan voqea, Braziliyadagi eng yirik ekologik ofat deb qayd etilgan.

1134842
Braziliyadagi ekologik ofatda jon berganlar soni 65 nafarga yetdi

Braziliyada metallurgiya sanoati chiqindilari bo’lgan suvni tutib turuvchi to’g’onning o’pirilishi oqibatida jon berganlarning soni 65 nafarga yetdi.

Bedarak yo’qolgan 279 kishini qidiruv va qutqaruv faoliyatlari esa davom etmoqda.

Jon bergan 65 kishidan 35 nafarining kim ekanligi aniqlandi.

Qayd etilishicha qidiruv va qutqaruv faoliyatlari eng ko’p, oshxona atrofida olib borilmoqda. Chunki voqea tushki ovqat chog’ida yuz bergan va ishchilar oshxonada bo’lgan.   

Aytib o’tish joizki metallurgiya sanoati chiqindilari bo’lgan suvni tutib turuvchi to’g’onning o’pirilishi oqibatida Brumadinho shahrida qariyb 3 ming kishi evakuatsiya qilingandi.

Mazkur fojia, metallurgiya sanoatining sohibi bo’lgan firmaning oxirgi uch yilda nomi aralashgan uchinchi falokat hisoblanadi.

Bundan 4 yil muqaddam yani 2015-yili 19 kishining umriga zomin bo’lgan voqea, Braziliyadagi eng yirik ekologik ofat deb qayd etilgan.



Aloqador xabarlar