Nikolas Maduro:"Muammolarimizni AQShning aralashuvisiz hal qilishimiz zarur”

Mamlakatda AQSh qo’l ostida davlat to‘ntarishi amalga oshirilayotganini ma'lum qilgan Maduro bunga aslo yo’l qo’ymasligini aytdi.

1133551
Nikolas Maduro:"Muammolarimizni AQShning aralashuvisiz hal qilishimiz zarur”

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro “Venesuelaning erkinligini bir chetga surishni va AQSh hamda uning g’arbdagi ittifoqdoshlarini Venesuelada "kukla rejim" tashkil qilishini ko’zlagan to’ntarish urinishini inqirozga uchratamiz”,-dedi.

Maduro bu so’zlarni prezidentlik saroyida o’tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

Media orqali davlatga xalqaro tazyiq o’tkazilayotganligini ma’lum qilgan Maduro: “Men Venesuelada adolat tantana qilishini, tinchlik bo‘lishini, ijtimoiy davlat hurmat qilinishini so‘rayman. Agar adolat bo‘lsa, unda respublika ham bo‘ladi, biz respublikani ham, vatanni ham boy bermaymiz”,-dedi.

Mamlakatda AQSh qo’l ostida davlat to‘ntarishi  amalga oshirilayotganini ma'lum qilgan Maduro bunga aslo yo’l qo’ymasligini aytdi.

“Venesuelada bo’layotgan hodisalar faqat bizni qiziqtiradi. Bu muammolarni faqat o’zimiz, AQShning aralashuvisiz hal qilishimiz zarur”,-deydi mamlakat prezidenti Nikolas Maduro.

Shu bilan birga, Maduro muxolifat bilan muloqotga tayyor ekanligini ham tilga olgan.

“Mamlakatimiz ravnaqi uchun konstitutsiya doirasida milliy muloqotga tayyorman. Umid qilamanki, Venesuela muxolifati tashqi kuchlarning tuzog’idan qutuladi va ma’qul hamda samimiy muloqot yo’lini tanlaydı”,-dedi Maduro.

Eslatish joizki, Venesuelada 21 yanvardan beri norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi. AQSh uni prezident deb tan olishini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilgan. 

Maduro o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaidoni esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaydoning vaqtinchalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.

Maduro o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida unga Turkiya prezidenti qo‘ng‘iroq qilib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirganini aytdi. Maduroni shuningdek, Boliviya prezidenti Evo Morales, Kuba hukumati qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, Nikaragua va Salvador rahbarlari ham Maduroni qo‘llab-quvvatlamoqda.   

Maduro ham bu o’zgarishlardan so’ng, AQSh bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatganligini va mamlakatning AQShdagi elchixonasi va konsulliklari yopilishini ma'lum qilgan. 

“Men Venesuelaning AQShdagi elchixonasi va barcha konsulliklarini yopishga qaror qildim”,-deb aytgan Maduro.

U, shuningdek, Venesueladagi amerikalik diplomatlarga mamlakat hududlarini tark etishi uchun 72 soat muhlat bergan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Venesuela , #Nikolas Maduro

Aloqador xabarlar