Venesuelada muxolif parlament rahbari Xuan Guaydo o'zini davlat rahbari deb e'lon qildi

“Hukumatning tortib olinishiga yakun yasash, o‘tish hukumatini shakllantirish va haqqoniy saylovlar o‘tkazish uchun rasmiy ravishda Venesueladan mas’ul davlat rahbari lavozimini egallashga qasamyod qilaman”,-dedi Xuan Guaydo.

1131999
Venesuelada muxolif parlament rahbari Xuan Guaydo o'zini davlat rahbari deb e'lon qildi

Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo o‘zini “mamlakat prezidenti” deb e'lon qildi va davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi.

Guaydo mamlakat poytaxti Karakasda to‘plangan o‘n minglab namoyishchilar qarshisida “Hukumatning tortib olinishiga yakun yasash, o‘tish hukumatini shakllantirish va haqqoniy saylovlar o‘tkazish uchun rasmiy ravishda Venesueladan mas’ul davlat rahbari lavozimini egallashga qasamyod qilaman”,-dedi.

Xalqni o’zini qo’llab quvvatlashga chaqirgan Guaydo: “Ma’lum bo’lganidek, bu bir kishilik ish emas va buning natijalariga chidash kerak. Ushbu milliy kuch va umid harakatining oldi olinishiga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, hukumatga qarshi namoyishlar davom etadi.

“Charchaymizmi? Aslo. Demokratiyaga, erkinlikka, takror suv, tabiiy gaz yetkazish kabi xizmatlarga, qolaversa har bir xonadonga osh-non yetib bormagunicha kurashimiz davom etaveradi”,-deya ta’kidlaydi Xuan Guaydo.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Xuan Guaydo , #namoyish , #qasamyod

Aloqador xabarlar