Kerch bo’g’ozida yonilg’i tankeri va gaz tashuvchi ikki kemada yong’in sodir bo’ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kemada jami 31 dengizchi bo‘lgan, ulardan 11 nafari yong’inda halok bo’lgan.

1130409
Kerch bo’g’ozida yonilg’i tankeri va gaz tashuvchi ikki kemada yong’in sodir bo’ldi
kerc bogazi yangin1.jpg

Qoradengizning Kerch bo’g’ozida yonilg’i tankeri va gaz tashuvchi ikki kemada yong’in sodir bo’ldi.

Fojiada 11 dengizchi halok bo’ldi.

Yong‘in bir kemadan ikkinchisiga yonilg‘i o‘tkazilayotganda yuz bergan. 

Tanzaniya bayroqli bir kemadan ikkinchi kemaga yonilg‘i o‘tkazilayotganda kemalardan birida portlash yuz bergan. Olovlar tez orada ikkinchi kemaga ham sachragan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kemada jami 31 dengizchi bo‘lgan. Bulardan 16 nafari turk, 15 nafari hind millatiga mansub bo’lgan. 11 dengizchi yong’inda halok bo’lgan. Qolganlari yong‘in boshlangandan keyin kemalardan dengizga sakragan.

Rossiya voqea joyiga qutqaruv mutahassislarini yuborgan.

14 dengizchi qutqarilgan. Halok bo’lganlarning qaysi davlat fuqarolari ekanligi hozircha ma’lum emas.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Yong’inning kelib chiqish sabablari tekshiruvlar natijasida aniqlanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qoradengiz , #Kerch bo'g'ozi , #kema , #yong'in

Aloqador xabarlar