Yaponiya Erondan neft xarid qilishni boshladi

Yaponiyaning “Fuji” neft kompaniyasi sanksiyalardan so’ng birinchilardan bo’lib, Erondan neft xarid qildi.

1130089
Yaponiya Erondan neft xarid qilishni boshladi

Yaponiya AQSh tomonidan Eronga joriy etilgan sanksiyalardan mustasno bo’lishi bilan, takror bu mamlakatdan neft xarid qilishni boshladi.

Bu haqda Tasnim xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yaponiyaning “Fuji” neft kompaniyasi sanksiyalardan so’ng birinchilardan bo’lib, Erondan neft xarid qildi.

“Fuji” neft kompaniyasi vakillari ma’lum qilishicha, 2 mln barril neft ortilgan “VLCC Kisogawa” tankeri yakshanba kuni Basra ko’rfazidagi “Hark” neft stansiyasidan yo’lga otlandi.

AQShning Eronga qarshi sanksiyalari yangidan kuchga kirgan bir paytda, Vashington Erondan neft sotib olgan mamlakatlar va kompaniyalar jazolanishini ma'lum qilgan edi.

Biroq, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, ayrim mamlakatlar jumladan, Yaponiya ham jazo choralaridan vaqtincha mustasno bo'lgan.

Jazo choralaridan vaqtincha mustasno bo’lgan davlatlar soni 8 nafarni tashkil qilib, ularga 6 oy vaqt berilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #neft xarid qilish , #Yaponiya , #AQSh , #sanksiya

Aloqador xabarlar