AQSh Rossiya bilan tuzilgan bitimdan chiqib ketish qaroridan voz kechmadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Rossiya o’rtasida O‘rta va kichik masofadagi raketalar bo‘yicha bitimga doir Jeneva shahrida o’tkazilgan muzokaralar yakunlandi.

1127541

Amerikalik vakil Andrea Tompson ma’lum qilishicha, AQSh 1987 yilda imzolangan bitimdan chiqish uchun 6 oylik jarayonni 2 fevralda boshlatishga tayyor.

Mazkur hujjat 1987 yilda imzolangan. Rossiya va AQSh muntazam ravishda bir-birini uning shartlarini buzganlikda ayblab keladi.

Rossiya esa, bitimning kuchini saqlab qolish uchun Yevropadan yordam talab qildi va buning evaziga Amerikaga havola qilgan tavsiyalari yetarlicha ko’zdan kechirilmaganligini ma’lum qildi.

O‘rta va kichik masofadagi raketalar bo‘yicha bitim tomonlarga harakatlar masofasi 500 dan 5,5 ming kilometrgacha bo‘lgan, yerda joylashuvchi ballistik raketalar va qanotli raketalarga egalik qilishga ruxsat bermaydi. 

Aloqador xabarlar