Iroq Eron bilan munosabatlarni rivojlantirmoqchi...

Iroq prezidenti Barhom Solih Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifni Bog’doddagi prezidentlik saroyida qabul qildi.

1125822
Iroq Eron bilan munosabatlarni rivojlantirmoqchi...

Iroq prezidenti Barhom Solih Eron bilan munosabatlarni rivojlantirish kerakligini, bu mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik uchun o’ta muhim ekanligini ma’lum qildi.

Davlat tashrifi bilan Iroqda bo’lgan Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif poytaxt Bog’doddagi prezidentlik saroyida Iroq prezidenti Barhom Solih tomonidan qabul qilindi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bo’lib o’tgan uchrashuvda o’zaro munosabatlar bilan mintaqadagi so’ngi o’zgarishlar muhokama qilindi.

“Mintaqani savdo-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va xalqlarning tinchlik va farovonligini ta’minlash uchun muammolarni tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish kerak”,-deb aytgan Iroq prezidenti.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ham Iroq bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish niyati borligini, Eron hukumati barcha sohalarda Iroq hukumati va xalqini qo’llab quvvatlaganligini ta’kidlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Iroq , #Barhom Solih

Aloqador xabarlar