Afg’oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi

Abdul Haq chorrahasida bomba joylashtirilgan avtomobil portlatilgan. Portlash oqibatida 1 kishi halok bo’lgan.

1125718
Afg’oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi

Afg’oniston poytaxti Kobulda avtomobilga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida 1 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi kotibi Najib Danish ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Abdul Haq chorrahasida bomba joylashtirilgan avtomobil portlatilgan. Portlash oqibatida 1 kishi halok bo’lgan.

Portlashning kimlar tomonidan sodir etilganligi hozircha ma’lum emas.

Eslatish joizki, kecha oqshom Kobulning 9-regionida xorijliklarga oid bo’lgan “Breen Village” nomli lager yaqinida bomba joylashtirilgan avtomobil portlatilgan edi. Portlashda 4 kishi halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul , #portlash

Aloqador xabarlar