Xitoyda ko‘mir konida ro'y bergan fojiada 21 kishi halok bo‘lgan

Falokat sodir bo’lgan vaqtda kon tagida 87 ishchi bo‘lgan, ulardan 66 nafari qutqarilgan, 21 nafarining jasadi topilgan.

1124543
Xitoyda ko‘mir konida ro'y bergan fojiada 21 kishi halok bo‘lgan

Xitoydagi ko‘mir konida ro’y bergan ko’chki oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.

Xitoy kommunist partiyasining rasmiy nashriyot organlaridan biri Global Times gazetasining xabariga ko’ra, bu voqea 12 yanvar kuni oqshom soatlarda mamlakatning Shensi viloyatiga qarashli Shinmu shahridagi (Baiji Mining Co.LTD. kompaniyasi tomonidan ishlatilgan) “Liciagou” ko’mir konida ro’y bergan.

Falokat sodir bo’lgan vaqtda kon tagida 87 ishchi bo‘lgan, ulardan 66 nafari qutqarilgan, 21 nafarining jasadi topilgan.

Voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun tergov olib borilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #ko'mir koni , #fojia

Aloqador xabarlar