Pompeo: "AQSh Turkiya bilan Suriyadan chiqish ishlarini yo’lga qo’yish bosqichlarini qo’lga oldi".

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo Turkiya bilan Suriyadan chiqish ishlarini yo’lga qo’yish bosqichlarini qo’lga olganliklarini qayd etdi.

1124326
Pompeo: "AQSh Turkiya bilan Suriyadan chiqish ishlarini yo’lga qo’yish bosqichlarini qo’lga oldi".

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo AQShning Turkiya bilan Suriyadan chiqish ishlarini yo’lga qo’yish bosqichlarini qo’lga olganligini qayd etdi.

Yaqin Sharq safari doirasida Misrga borgan Pompeo tashrifinnig oxirgi kuni Misrning milliy telekanaliga intervyu berdi.

Mazkur intervyuning arab tilidagi tarjimasi berilar ekan Pompeo Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan haftaning payshanba kuni telefon orqali muloqat qilganligini ma’lum qildi.

Pompeo, Turkiya bilan AQSh Prezidenti Donald Trumpning Suriyadan chiqish qarorining yo’lga qo’yilishi masalasidagi bosqichlar bo’yicha kelishib olishlarini qayd etgan edi.

AQShning Suriyadan chiqishining terror tashkiloti xavfining yo’q qilinishi va xavfsizlikning ta’minlanishi bilan bir vaqtda amalga oshishiga to’xtalgan Pompeo,

“Terror tashkilotiga siyosiy va moddiy jihatdan bosim o’tkazdik. DEAShga qarshi kurashimizni Osiyo va shimoliy Afrikada davom ettiramiz” dedi.  

Eron masalasiga ham to’xtalgan Pompeo, Tehronga nisbatan yana-da yirik sanksiyalar kiritish uchun faoliyat olib borganliklarini ma’lum qildi.

Pompeo,

“AQSh terrorizmga qarshi kurash masalasida Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va hatto Misrni bir saviyada deb biladi. Maqsadimiz faqatgina Yaqin Sharqda emas balki butun hududda terror xavfini kamaytirshdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

AQShning Yaqin Sharqning ishonch va barqarorligiga alohida e’tibor berganligini ta’kidlagan Pompeo, Isroil-Falastin muammosi bilan G’arbiy Sohil va G’azodagi falastinliklarning muammosining hal qilinishi masalasiga qarshi e’tiborli ekanliklarini qayd etdi.

Rus yetakchiligi tomonidan, Falastin va Isroil munosabatini yo’lga qo’yish bo’yicha o’tkaziladigan xalqaro konferentsiyada AQShning ishtirok etib etmasligi haqidagi savolga qarshi Pompeo, “AQSh tinchlik va barqarorlik uchun har qanday yerda bo’ladi” deb javob berdi.

 

 



Aloqador xabarlar