Pompeo Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni orttirish niyatida ekanliklarini qayd etdi

Mike Pompeo Ammanda kasbdoshi Ayman Safadiy bilan bo’lgan uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1121979
Pompeo Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni orttirish niyatida ekanliklarini qayd etdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarini diplomatik aloqa va savdo tarmog’ida ikki barobarga orttirish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Mike Pompeo 7 mamlakatni o’z ichiga olgan Yaqin Sharq safarining birinchi bekati hisoblangan Iordaniya poytaxti Ammanda kasbdoshi Ayman Safadiy bilan bo’lgan uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Iordaniyaning AQSh uchun mintaqaviy strategik sherik ekanligini ta’kidlagan Pompeo, Suriya muammosining tinchlik yo’li bilan hal qilinishi uchun Ammanning muhim rol o’ynaganligini belgilab o’tgan holda, AQShning ham Iordaniyaning ichki barqarorligiga sodiq ekanligini ta'kidladi.

Pompeo, tashrifidan oldingi Eron haqidagi so’zlarini takrorlagan holda,

“AQSh ittifoqlari shu jumladan Iordaniya ham, Eronning mintaqada yaratgan xavfi masalasida hamfikrlar. Prezidentning askarlarimizni Suriyadan chiqarish haqidagi qarori hech qachon bu xavflarni (Eron va DEASh) yo’q qilish masalasidagi qarorimizga ta'sir qilmaydi” deya gapirdi.

AQShning Erondan “oddiy” o’lka bo’lishini talab qilganligini ifoda etgan Pompeo, “Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarini diplomatik aloqa va savdo tarmog’ida ikki barobarga orttirish niyatidamiz” deya gapirdi.

Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Safadiy ham amerikalik kasbdoshining Iordaniyaga “to’g’ri” vaqtda tashrif buyurganligiga e’tibor qaratgan holda, Pompeo bilan mintaqani qiziqtirgan terang muloqat qilish imkoniga erishganligini qayd etdi.

Falastin-Isroil masalasini har jihatdan qo’lga olganliklarini ta’kidlagan Safadiy, tomonlar o’rtasidagi muzokaralarning to’xtatilishining xavfli ekanligini va masalani siyosiy yo’llar bilan hal qilinishi shartligini aytib o’tdi.

Suriyaning birlik va barqarorligini himoya qiladigan siyosiy yo’llarni ham qo’lga olganliklarini eslatgan Safadiy, AQSh askarlarining Suriyadan chiqarilishi masalasida esa qarshi tomondan Iordaniya chegaralarining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kafolat berilganligini ma’lum qildi.

Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Safadiy, Tehron boshqaruvining aholi siyosatini cheklashi va mamlakatlarning mustaqilligiga hurmat ko’rsatishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo Yaqin Sharq safari doirasida Iordaniya ortidan Misr, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Ummon va Qatarda bo’ladi.


Tanlangan kalimalar: #Iordaniya , #Ayman Safadiy , #Mike Pompeo , #Eron

Aloqador xabarlar