Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod hukumatga qarshi namoyish o'tkazmoqchi...

Ahmadinajod internet tarmoqlari orqali, ichki ishlar vaziri Abdurrizo Rahmoniy Fazliga bir maktub yozdi.

1122311
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod hukumatga qarshi namoyish o'tkazmoqchi...

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod 20 yanvar kuni poytaxt Tehronda xalq ishtirokida hukumatning boshqaruv shaklini qoralash maqsadida namoyish o’tkazish uchun hukumatdan ruxsat so’radi.

Ahmadinajod internet tarmoqlari orqali, ichki ishlar vaziri Abdurrizo Rahmoniy Fazliga bir maktub yozdi.

Maktubda konstitutsiyaning 27-moddasiga binoan, 20 yanvar kuni Tehrondagi Inqilob maydonida namoyish o’tkazishni talab qilganligi qayd etildi.

Hukumat siyosatini va mamlakatning boshqaruv shaklini qoralash istagini tilga olgan Ahmadinajod agar, tabiiy haqqi bo’lgan namoyishlarga ruxsat berilmagan taqdirda, buning oshkora qonunga hilof bo’lishi haqida ogohlantirdi.

Eslatma: Eronda 2017 yilning oxirgi kunlarida avj olgan va tezkor ravishda mamlakat bo’ylab tarqalgan namoyishlarning boshlanishida Ahmadinajodning katta ro’li borligi iddao qilingandi.

Ahmadinajod o’tgan yili ham namoyish o’tkazishga ruxsat berilishini talab qilgandi, biroq bu hukumat tomonidan qabul qilinmagan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Mahmud Ahmadinajod , #namoyish

Aloqador xabarlar