Dunyoda 72 % ayol va qizlar odam savdosi qurboni...

Odam savdosidan jabrlanganlarning 72 % ayol va qizlardan tashkil topmoqda.

1121223
Dunyoda 72 % ayol va qizlar odam savdosi qurboni...

 

Odam savdosidan jabrlanganlarning 72 % ayol va qizlardan tashkil topmoqda.

Avstriyaning poytaxti Venadagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ofisida bo'lib o'tgan matbuot  anjumanida, BMT narkotik va jinoyatlar bo'limining (UNODC) "2018 yili Global Odam savdosi hisoboti"ni ma'lum qildi.

UNODC rahbari Yury Fedorov va Avstriya tashqi ishlari, yevropa va moslik vaziri Karin Kneissi ham qatnashgan matbuot anjumanida bildirilgan hisobotda, 142 o'lkadan olingan ma'lumotlar doirasida tayyorlandi.

Hisobot, inson savdosiga moyillik va buning turlarini tekshirish bilan bir qatorda asosan qurolli to'qnashuvlar bo'lgan hududlarda inson savdosi masalasiga oydinlik kiritmoqda.

Hibosotga ko'ra, 2016- yili 97 davlatdan tahminan 24 mingdan ziyod kishi odam savdosidan jabr ko'rgan.

Hisobotda, odam savdosidan jabr ko'rganlarning 49 % ayol, 23 % qiz bola, 21 % erkak va 7 % voyaga yetmagan o'g'lonlar bo'lgani bildirildi.

Hisobotga ko'ra, odam savodiga "jinsiy ekspluatatsiya" 59 % bilan birinchi o'rinda bo'lishga davom etmoqda.

"Zo'rg'a ishlatish" esa 34 % tashkil etmoqda. Jabrdidalarning 7 % esa turli sabablar bilan odam savdogalarining qopqoniga tushmoqda.

Hisobotda, 2004 bilan 2006 yillari orasidagi ma'lumotlarga ko'ra, bolalar nispatining ikki barobarni o'tganini, qiz bolalarning o'g'il bolalarga ko'ra ikki barobar ko'p bo'lgani qayd etildi.

Qiz bolalarning 72 % jinsiy suestimol, o'g'il bolalarning esa 52 % majburiy ishlatish uchun odam savdogalarining qo'liga tushganiga diqqat qaratildi.

Odam savdosining katta bo'limi Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlari fuqarolari bo'lgani ifoda etilgan hisobotda, ushbu hududlarda bu jinoyat bilan aloqali javobgarlikka tortishning qoniqarsiz bo'lgani bildirildi.

Hisobotda, qurolli to'qnashuvlar tufayli yohud to'g'ridan odam savdosi bilan aloqali bo'lgani bildirilib, to'qnashuvlar bo'lgan hududda jinsiy ekspluatatsiya ham bo'lib, bolalarni jangga solish, majburlab ishlatish va uylantirish uchun odam savdosi olib borilgani bildirildi.

UNODC rahbari Fedorov, odam savdosining dahshatli holga kelganini bildirib, terror guruhlarining qo'rquv solib yangi jangchilar topish maqsadida begunoh insonlarni to'rga tushirgani qayd etildi.

Odam savdosiga qarshi olib borilgan kurashning asosan so'ngi 10 yilda kuchayganini ma'lum qilgan Fedorov, "Bu hisobot, jabrdidalarni himoya qilish va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish, "Davomli rivojlanish maqsadiga yetish uchun barcha davlatlarni texnik jihatdan dastaklash va hamkorlikni rivojlantirishning zaruratini ko'rsatmoqda" deb mulohaza bildirdi.

Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Kneiissla ham odam savdosi yuzasidan jabrlanganlar va jinoyatchilar sonining ortganini bildirib, "Odam savdosi, cheksiz bir jinoyat turidir. Hukumatlar, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik ichida odam savdosiga qarshi birga kurash olib borishimiz kerak" dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Odam savdosi , #dunyoda , #dahshali vaziyatda

Aloqador xabarlar