Tramp:"Suriyadan o’z qo’shinimni olib chiqib ketishga qarorim qat'iy, biroq..."

“Endi, Suriyadan qo’shinimizni olib chiqib ketish vaqti yetib keldi, lekin buni darhol amalga oshiramiz demadim”,-deydi Donald Tramp.

1120353
Tramp:"Suriyadan o’z qo’shinimni olib chiqib ketishga qarorim qat'iy, biroq..."

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan o’z qo’shinini olib chiqib ketish to’g’risida qat’iy ekanligini, biroq bu jarayonning tez orada amalga oshirilishi haqida biron so’z aytmaganligini ma’lum qildi.

Tramp Oq uyda jurnalistlarga bu haqda intervyu berdi.

Donald Trampning ta’kidlashicha, u prezidentlik lavozimini egallagan paytlarda Suriya va Iroqning bir qismi DEAShning qo’lida edi, hozirga kelib bu vaziyat o’zgardi. DEASh Iroqdan butunlay yo’q qilindi. Suriyada esa, terrorist soni juda ozaydi.

“Endi, Suriyadan qo’shinimizni olib chiqib ketish vaqti yetib keldi, lekin buni darhol amalga oshiramiz demadim”,-deydi Donald Tramp.

Prezidentning fikricha, bundan buyon mintaqa davlatlarining o’zi DEAShga qarshi kurashishi kerak.

“Rossiya, Eron va Turkiya DEAShdan nafratlanadi. Bizga o’xshab ular ham o’z mintaqalarida kurashishlari mumkin”,-dedi AQSh prezidenti.

Oq uyning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton terror tashkiloti YPG va PKKni nazarda tutgan holda, Turkiya Suriyadagi “kurd jangarilari” xavfsizligini kafolatlamagunicha, AQSh mintaqani tark etmasligini ma’lum qilgandi.

Boltonning terroristlarni “kurd jangarilar” deb ataganligi Turkiyada qattiq e’tirozlarga sabab bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp , #Oq uy , #DEASh , #Suriya

Aloqador xabarlar