Meksika chegarasidan AQSh hududiga noqonuniy ravishda kirishga uringan 376 kishi halok bo’ldi

Xalqaro migratsiya tashkilotining internet saytida AQSh-Meksika chegarasida halok bo’lgan migrantlarga doir hisobot e’lon qilindi.

1118284
Meksika chegarasidan AQSh hududiga noqonuniy ravishda kirishga uringan 376 kishi halok bo’ldi

Meksika chegarasidan AQSh hududiga noqonuniy ravishda kirishga uringan 376 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotining internet saytida ma’lum qilindi.

Ushbu saytda AQSh-Meksika chegarasida halok bo’lgan migrantlarga doir hisobot e’lon qilindi.

Hisobotda, o’tgan yili chegaradan oshib o’tar ekan, yoki o’tgandan keyin duch kelgan turli hodisalarda halok bo’lgan migrantlar soni 376 kishiga yetganligi qayd etildi.

Qurbonlar orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.

AQSh federal hukumati qisman o’z faoliyatini to’xtatganligi uchun ma’lumotlar 21 dekabrdan keyin qayta yangilanmagan.

Xalqaro migratsiya tashkilotining internet saytida 2018 yil mobaynida Amerika qit’asi miqyosida yomon sharoitlar tufayli boshqa yurtlarga ko’chayotganda halok bo’lganlar soni 512 nafarni tashkil qilganligi aniqlandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #AQSh , #chegara , #migrant

Aloqador xabarlar