Magnitogorsk shahridagi fojiada qurbonlar soni 37 kishiga yetdi

Shu yilning 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga qarashli Magnitogorsk shahrida 10 qavatli bino qulab tushdi.

1118212
Magnitogorsk shahridagi fojiada qurbonlar soni 37 kishiga yetdi

Shu yilning 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga qarashli Magnitogorsk shahrida 10 qavatli bino qulab tushdi.

Gaz portlashi oqibatida sodir bo’lgan fojiada qurbonlar soni 37 kishiga yetdi.

Ma’lumotga ko’ra, portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar vayronalar tagida tekshiruv o’tkazgan va portlovchi moddalarga doir biron iz topilmagan.

Vayronalar tagida qidiruv-qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, harobalar tagidan 37 kishining jasadi olib chiqilgan.

Portlashda ko’p qavatli binoning 48-kvartirasida jiddiy talofat yuzaga kelgan. Bu kvartirada 100 dan ortiq mehnat muhojirlari yashab kelayotganligi aniqlangan.

Fojiadan 35 soat o’tgach, vayronalar tagidan 11 oylik chaqaloq tirik holda topilgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Magnitogorsk , #Chelyabinsk , #portlash , #fojia

Aloqador xabarlar