Afg'onistondagi hujumda, Darkad tuman politsiyasi boshlig'i o'ldirildi

Afg’onistonda, uzoqdan boshqariladigan pult orqali uyushtirilgan hujum oqibatida, Darkad tuman politsiyasi boshlig'i o'ldirildi

1116681
Afg'onistondagi hujumda, Darkad tuman politsiyasi boshlig'i o'ldirildi

Afg’onistonning shimoliy-sharqidagi Tahar viloyatida, transportiga portlaguvchi modda joylashtirilgan tuman politsiyasi boshlig’i jon berdi.

Tahar gubernatorligi Matbuot xizmati voizi Muhammad Jevad Hijriy Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligiga bergan bayonotida Taharning, Darkad tumani politsiyasi boshlig’i Muhammad O’marning rasmiy avtomobiliga yashirin ravishda, oldindan joylashtirilgan bombaning uzoqdan boshqariladigan pult orqali portlatilganligini qayd etdi.   

Hujumda politsiya boshlig’i O’marning jon berganligini ham o’z so’ziga ilova etgan Hijriy, portlash oqibatida 3 nafar tinch aholining ham tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.



Aloqador xabarlar