Mevlud Chavushog'lu Rossiyada...

Mevlud Chavushog'lu va Hulusi Akarning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergel Lavrov va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi.

1115914
Mevlud Chavushog'lu Rossiyada...

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu va Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan Suriyadagi o'zgarishlarni muhokama qilgan yig'ilish boshladi.

Chavushog'lu, Akar, Milliy razvetka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan va Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, rus hamkaslari bilan poytaxt Moskvadagi Rossiya mudofaa vazirligida uchrashdi.

Yig'ilishdan avval so'zlagan Chavushog'lu, Turkiya, Rossiya va Eron o'rtasida tuzilgan Ostona shartnomasiga ko'ra Suriya mavzusida yaqin hamkorlik olib borishlarini bildirib, "Bu shaklda siyosiy jarayon ham bo'lib qator sohada muhim o'zgarishlar qo'lga kiritdik" dedi.

Suriyadagi so'ngi vaziyatni ko'zdan kechirish maqsadida Rossiyaga jo'nab ketgan Chavushog'lu, "Bundan keyin rus sheriklarimiz bilan Suriyada nima qila olishimizni muhokama qilamiz. Asosan prezident Rejep Tayyip Erdog'an, Rossiya bilan aloqalarga ahamiyat bergani uchun bizni yubordi" deb so'zladi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shuygu esa, "Idlib bilan qatorda Istanbulda tuzilgan shartnomani kuchga kirishini ham ko'zdan kechiramiz. Qolaverda AQShning Suriyadan chiqishini va Firotning sharqidagi so'ngi o'zgarishlarni muhokam qilamiz" deb ifoda etdi.

Rus tomonining Shoygun bilan bir qatorda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Bosh shtab bohqarmasi armiya generali Valery Gerasimov va Rossiya prezidenti Vladimit Putinning Suriya maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev ishtirok etgan uchrashuvda, Turkiyaning Suriyadagi terror tashkilotlariga qarshi oilb borgan harbiy operatsiyalari mavzusida fikr almashishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar