Hindistonda qamalib qolgan 15 nafar kon ishchisiga hanuz ham yetib borilmadi.

Hindistonning shimol sharqiyda taxminan ikki hafta oldin sel falokati sodir bo’lishi  sababli cho’kib ketgan ko’mir kon ma’danida qamalib qolgan 15 nafar konchiga  hanuz  ham  yetib borilmadi.

1114492

Meghalaya shtati ofat boshqaruv vaziri Kyremen Shylla,  13- dekabrdagi falokatda cho’kib ketgan ma’danda qamalib qolgan ishchilar uchun  izlash qutqarish faoliyatlari davom etganini ma’lum qilib, ma’dan ichidagi suv saviyasi borgan sari  ko’tarilganini shu bois faoliyatlar sekin- asta  davom etayotganini qayd etdi.

Kon ishchilarining   hayotda qolish ehtimoli kun sayin kamaymoqda deb ishora qilgan Shylla, Meghalaya shtatining Hindiston hukumatidan yordam talab qilganini ma’lum qildi.

Taxminan ikki hafta oldin shiddatli yog’ishlar sabab bo’lgan selda East  Jaintia Hills hududidagi ko’mir ma’danining bir qismi cho’kib ketgan  15  nafar kon ishchisi  ichkarida qamalib qolgan edi.

Noqonuniy  konchilik faoliyatini yuritgan ko’mir ma’danining cho’kishi bilan aloqali tergov boshlatilgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Kon , #İshchi , #Cho'kish

Aloqador xabarlar