AQSh Prezident Donald Tramp,Prezident Erdo’g’an terror tashkiloti DEAShni bartaraf etadi dedi.

Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh) Prezident Donald  Tramp, Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an terror tashkiloti DEAShni bartaraf etadi dedi.

1114413
AQSh Prezident Donald Tramp,Prezident Erdo’g’an terror tashkiloti DEAShni bartaraf etadi dedi.

Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh) Prezident Donald  Tramp, Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an terror tashkiloti DEAShni bartaraf etadi dedi.

Tramp va rafiqasi bilan kutilmaganda Iroqqa borib, bu yerda vazifador bo’lgan AQSh askarlari bilan Noelni nishonladi.

Oq uydan berilgan ma’lumotda, AQSh Prezidenti va rafiqasi, Iroqda vazifador AQSh askarlari bilan noelni  nishonladi deb qayd etdi.

Oq uy matbuot xizmati kotibasi Sarah Sanders, ijtimoiy tarmoq sahifasida bergan bayonotda, Donald Tramp va   rafiqasi Melania bilan birgalikda Noel oqshomi, xizmat va muvaffaqiyatlari tufayli tashakkurlarini taqdim etgan AQSh askarlarining Noel bayramini tabriklash uchun Iroqqa borganini bildirdi.

O’lkaning G’arbiydagi Anbar viloyatida o’rin olgan Aynul Asad harbiy bazasini ziyorat etgan Tramp,

Bu yerda so’zlagan nutqida

“ Iroqni tark etish uchun hech bir rejamiz yo’q. Agar Suriyada bir narsalar qilmoqchi bo’lsak Iroqni baza sifatida ishlatamiz.” deb qayd etgan.

Tramp, o’zidan Suriyani tark etish uchun qo’shimcha muhlat istaganlarini faqat buni qabul etmaganlarini ma’lum qilib, shunday baholadi:
 

“ DEAShni bartaraf etmoqchi bo’lgan Prezident Erdo’g’an bilan  juda yaxshi muloqot qildik. U va boshqalari bu ishni bajaradi. AQSh jahonga politsiya vazifasini davom ettira olmas.”

“ Erdo’g’an, Suriyada DEAShdan orqada nima qolgan bo’lsa yo’q etmoqchi” deb aytgan Tramp, Saudiya Arabiston esa buning iqtisodiy badalini to’lash uchun va’da berdi” deb qayd etdi.
Buning bilan birgalikda, Iroq Bosh vaziri Odil Abdulmedi o’lkasini kutilmagan safar uyushtirgan AQSh Prezidenti bilan telefon orqali uchrashganini bildir.

Iroq Bosh vazirlik matbuot ofisidan  berilgan yozma bayonotda, Tramp va Abdulmehdi telefonda muloqot qildi. Tramp Suriyadan askarlarini olib chiqish qaroridan keyin mintaqadagi o’zgarishlar DEASh bilan hamkorlik bilan mintaqa o’lkalari va xalqlari uchun xavfsizlik va barqarolikni ta’min etish  qo’lga olganini bildirdi.

Tramp, 3 yorim soat davom etgan safar ortidan Iroqdan jo’nab etdi.

AQSh Prezidenti Iroqqa uyushtirgan kutilmagan safarda  hech bir Iroqlik rasmiy bilan yuzma- yuz uchrashmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Trump , #Iroq , #Safar

Aloqador xabarlar