AQSh Iroqning Suriyaga chegaradosh viloyatida ikkita harbiy baza qurmoqchi...

Ikki harbiy baza Suriya chegarasidan taxminan 100 km masofadagi strategik hududlarda insho etiladi.

1114026
AQSh Iroqning Suriyaga chegaradosh viloyatida ikkita harbiy baza qurmoqchi...

AQSh Iroqning Suriyaga chegaradosh Anbar viloyati cho’lida ikki nafar yangi harbiy baza qurishga qaror berdi.

Bu haqda Iroqning Anbar viloyati shahar majlisi a’zosi Farxon Duleymi ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, harbiy bazalardan biri Kaim tumaniga qarashli Ar-Rumana dahasida, keyingisi esa Rutba tumani sharqida quriladi.

Ikki harbiy baza Suriya chegarasidan taxminan 100 km masofadagi strategik hududlarda insho etiladi.

Bundan maqsad, AQSh askarlarining Iroq kuchlariga chegara xavfsizligini saqlash bo’yicha yordam berishdir.

AQSh harbiy bazasi quriladigan hududlar Iroq-Iordaniya-Suriya chorraxasida bojxona chegaralarining asosiy guzargohi ustida joylashgan.

Hozirda, Iroqda 2014 yilda paydo bo’lgan terror tashkiloti DEAShga qarshi kurashish va mintaqadagi xavfsizlik kuchlariga yordam berish maqsadida taxminan 5 ming AQSh askari xizmat o’tamoqda.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp o’tgan hafta Suriyadan o’z qo’shinini olib chiqib ketish to’g’risidagi qarorini e’lon qilishi bilan Iroqda yangi AQSh harbiy bazalari qurilishi haqidagi xabarlarning tarqalganligi diqqat jalb etadi.

Iroq markaziy hukumati yoki AQSh hukumati ushbu harbiy bazalarning qurilishiga doir hozircha biron rasmiy bayonot bermadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Suriya , #AQSh , #harbiy baza

Aloqador xabarlar