Yaponiya xorij davlatlardan yuz minglab mehnat muhojirlarini ishga qabul qilmoqchi...

Bu doirada aprel oyida kuchga kiradigan yangi viza rejimi xorijlik mehnat muhojirlari uchun katta imkoniyatlarni yaratishi taxmin qilinmoqda.

1113837
Yaponiya xorij davlatlardan yuz minglab mehnat muhojirlarini ishga qabul qilmoqchi...

Yaponiya hukumati aholisining tezkor keksayib borishi va yoshlarning ishchi kuchi ehtiyojini qondirmaganligi sababli kelgusi yillarda xorij davlatlardan yuz minglab mehnat muhojirlarini qabul qilishni rejalamoqda.

Bu doirada aprel oyida kuchga kiradigan yangi viza rejimi xorijlik mehnat muhojirlari uchun katta imkoniyatlarni yaratishi taxmin qilinmoqda.

Deutsche Welle nashri xabariga ko’ra, Yaponiya hukumati mamlakatda mehnat qilgan xorijlik ishchilarning sharoitini yaxshilashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni amalga oshiradi.

Hukumat xorijlik ishchilarning kelgusida mehnat sharoitlarini yaxshilash va kundalik hayotda qo’llab quvvatlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni olishga qaror berdi.

Bu doirada xorijlik ishchilarning mehnat sharoitlari yaxshilanadi, oylik ish haqlari oshiriladi va mehnat kafolati ta’minlanishi nazarda tutilmoqda.

Ayni vatqda, Yaponiya hukumati yuz minglab xorijlik ishchilar uchun zarur tayyorgarliklarni bajarmaganligi sababli tanqid qilinmoqda.

Yaponiyaga kelgan xorijlik ishchilar “malaka oshirish dasturi” doirasida ishlatilgan holda suiste’mol qilinganligi ham iddao qilinmoqda.

Advokatlarning bergan ma’lumotiga ko’ra, malaka oshiruvchi sifatida mehnat qilgan bu ishchilar yapon firmalari tomonidan arzon ishchi sifatida suiste’mol qilinayotganligi va jamoatchilikdan chetlashtirilgan holda yashayotganligi ilgari surilmoqda.

Shu bilan birga, bu ishchilardan Yaponiyada ish topish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan o’rtamchilar ularning qarzga botishiga ham sabab bo’lmoqdalar.

Yaponiya hukumati bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni olishni maqsad qilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar