Iroqning Mo’sul shahrida portlash sodir etildi

Portlash oqibatida 2 kishi halok bo’lgan, 13 kishi tan jarohati olgan.

1113310
Iroqning Mo’sul shahrida portlash sodir etildi

Iroqning turkmanlar gavjum yashaydigan Mo’sul shahriga qarashli Talafar tumanida bomba joylashtirilgan avtomobil portlatilgan.

Portlash oqibatida 2 kishi halok bo’lgan.

Bu haqda Mo’sul shahar hokimi o’rinbosari Nuriddin Kaplan ma’lum qildi.

“Talafar tuman markazida yo’l chetida to’xtab turgan avtomobil to’satdan portladi”,-deydi u.

Bomba joylashtirilgan avtomobil uzoqdan pult vositasida portlatilgan. Uning kimlar tomonidan portlatilganligi hozirda ma’lum emas.

Portlashda 13 kishi tan jarohati olgan.

Yaradorlar Mo’suldagi shifoxonaga yotkizilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mo'sul , #portlash

Aloqador xabarlar