AQSh qo'shini Suriyani tark etar ekan, Iroq hududlaridan o'tadi

Iroq bosh vaziri Adil Abdulmehdi Suriya hududlarini tark etayotgan Amerika qo’shini Erbildagi harbiy bazaga kelib joylashishi haqida AQSh ma’muriyatidan biron talab kelmaganligini ma’lum qildi.

1113139
AQSh qo'shini Suriyani tark etar ekan, Iroq hududlaridan o'tadi

Iroq bosh vaziri Adil Abdulmehdi Suriya hududlarini tark etayotgan Amerika qo’shini Erbildagi harbiy bazaga kelib joylashishi haqida AQSh ma’muriyatidan biron talab kelmaganligini ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, AQSh harbiylari Suriya hududlarini tark etar ekan, Iroq hududlaridan o’tadi.

Poytaxt Bog’dodda o’tkazilgan haftalik matbuot anjumanida Suriyani tark etadigan AQSh harbiylarining Erbildagi harbiy bazaga kelib joylashishi haqida Vashington ma’muriyatidan talab kelmaganligi ma’lum qilindi.

“Bu mavzu hozircha aniq emas. Bizga talab ham kelmadi. Ayniqsa, AQSh kuchlari Iroq hukumatining ruxsati bilan mamlakatimizda katta faoliyatlarni olib bordi. Ular Suriyani tark etish jarayonida territoriyalarimizdan foydalanadilar”,-deya ma’lum qiladi Iroq bosh vaziri Adil Abdulmehdi.

U AQSh harbiylari Suriyani tark etgach, Iroq Suriyaga qo’shin yuborishi haqidagi iddaolar yolg’on ekanligini ma’lum qildi.

“AQSh bizdan Suriyaga qo’shin yuborishimizni talab qila olmaydi. Bu mavzuda hech qanday talab yo’q. Qarorlarni Amerika emas, Iroq beradi”,-deydi Iroq bosh vaziri.

Uning so’zlariga ko’ra, Donald Trampning Suriyadan o'z qo’shinini olib chiqib ketishi haqidagi qarori Iroqqa katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.

“Bu qarorning Iroq bilan to’g’ridan aloqasi bor. Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvidagi hamkorlar bilan bu mavzuda fikr almashdik. Iroq nafaqat Suriyada xizmat o’tagan kuchlar bilan, balki barcha qo’shni davlatlar bilan ham yaxshi munosabatlarga ega. Suriyadagi xavfsizlik buzilgan taqdirda, buning Iroqqa ehtimoliy zararlarini oldini olish xususida barcha tomonlar bilan muzokara olib boryabmiz. Chunki, DEASh Suriya hududlarini tark etib, Iroqqa yo’nalishi mumkin”,-deydi Iroq bosh vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh , #Suriya , #Donald Tramp , #AQSh qo'shini

Aloqador xabarlar