BAA hukumati Pokistonga moddiy yordam ko’rsatmoqchi...

Davlatga oid bo’lgan Abu Dabi taraqqiyot fondi 3 mlrd dollar mablag’ni yaqin kunlarda Pokiston davlat bankiga o’tkazadi.

1112783
BAA hukumati Pokistonga moddiy yordam ko’rsatmoqchi...

BAA iqtisodiy qiyinchiliklar panjasida bo’lgan Pokistonga 3 mlrd dollar moddiy yordam o’tkazmoqchi.

Davlatga oid bo’lgan Abu Dabi taraqqiyot fondi 3 mlrd dollar mablag’ni yaqin kunlarda Pokiston davlat bankiga o’tkazadi.

Bu qarordan so’ng, tvitter orqali BAA hukumatiga minnatdorlik bildirgan Pokiston bosh vaziri Imran Xon: "Bu qaror bizning yillar mobaynida uzilmagan do'stligimizning va sodiqligimizning aksidir",-dedi.

Lavozimga tayinlangandan so'ng, ikki marta BAAga tashrif buyurgan Pokiston bosh vaziri Imran Xon inqiroz davrida ko'rfaz mamlakatlarining do'stona yordamlari Pokiston uchun juda muhim ekanligini ta'kidladi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni oktyabr oyida Pokistonga bir yil muddatga 3 mlrd dollar qarz berishini ma'lum qilgandi.

Bunga qo'shimcha ravishda, Saudiya hukumati Pokistonga pulini bir yil keyin to'lash sharti bilan 3 mlrd dollarlik neft sotishini ma'lum qilgandi.

Bugungacha bu mablag'ning 2 mlrd dollarlik qismini bergan Saudiya Arabistoni qolgan 1 mlrd dollarni kelgusi oy Pokiston markaziy bankiga o'tkazishni rejalamoqda.

Avgust oyida bosh vazirlik lavozimiga tayinlangan Imran Xon davlatning yaqinlashib kelayotgan to'lovlari uchun qarz olishga majbur ekanligini, Xalqaro valyuta fondi IMFdan tashqari, do'st davlatlar bilan bu haqda maslahatlashishini aytgan edi.

 



Aloqador xabarlar