AQSh,DEAShga qarshi havo hujumlarini yakunlashini ma’lum qildi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning Suriyadan harbiylari olib chiqish bilan birgalikda, terror tashkiloti DEAShga qarshi havo hujumlariga yakun yasashini ma’lum qildi

1111102
AQSh,DEAShga qarshi havo hujumlarini  yakunlashini ma’lum qildi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning Suriyadan harbiylari olib chiqish bilan birgalikda, terror tashkiloti DEAShga qarshi havo hujumlariga yakun yasashini ma’lum qildi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)Suriyadan askarlarini olib chiqish qarori bilan birgalikda terror tashkiloti DEAShga qarshi havo hujumini ham yakunlashini bildirdi.

Reuters xabar agentligiga bayonot bergan yuqori martabali AQSh vakillari, Prezident Donald Tramp Suriya qaroriga tegishli bayonotlar berdilar.  

AQSh Suriyada havo hujumlarini ham yakun yasashini ma’lum qilgan rasmiylar,

“ Tramp, askarlarimizni olib chiqish qarori bilan birgalikda  havo hujumlari ham yakunlanadi deb ishora qilmoqda.” deb tahlil qildilar.

Mavzu bilan aloqali savollarga javob berishdan tortingan AQSh Mudofaa vazirligi( Pentagon), askarlarni olib chiqish jarayoniga tegishli  bu borada yangi bir bayonot berilmas deb bildirdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, avvalgi kun ijtimoiy tarmoq sahifasidagi  bergan  bayonotida,

“Prezidentligimiz davrida Suriyada bo’lishimizning yagona sababi bo’lgan DEAShni ma’g’lub qildik.” deb qayd ettik.

Oq uy matbuot xizmati kotibasi Sarah Sanders ham,

“ DEASh bilan kurashda yangi bir bosqichga kirish bilan birgalikda, AQSh askarlarini o’lkadan  olib kelishga boshladik.” deb ma’lum qildi.

Amerika mediasi Davlat kotibligiga tayanib bergan xabarda  esa Davlat kotibligi Suriyadagi xodimlari 24 soat mobaynida ( Kecha) AQShning Suriyadagi askarlarini ham 60 kun  bilan 100 kun orasida bu o’lkadan olib chiqishini iddao qilgan edi.




 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #DEASh , #Havo , #Hujum , #Yakun

Aloqador xabarlar