AQSh Afg‘onistondan taxminan yetti ming askarini olib chiqib ketmoqchi...

Ma’lumotga ko’ra, kelgusi haftalarda yetti mingdan ziyod AQSh harbiy xizmatchisi Afg’onistondan vataniga qayta boshlaydi.

1111145
AQSh Afg‘onistondan taxminan yetti ming askarini olib chiqib ketmoqchi...

Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Suriyadan so’ng, Afg‘onistondan ham taxminan yetti mingdan ziyod harbiy xizmatchisini olib chiqib ketishi ma’lum qilindi.

AQSh matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bu qarorni Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda qabul qildi. Tramp Afg’onistondagi harbiylarning taxminan yarmini olib chiqib ketmoqchi.

Tegishli vakillarning ta’kidlashicha, Donald Tramp Yaqin sharqdagi siyosatiga muhim strategik o’zgarishlar kiritmoqchi.

Avvalroq, AQSh prezidenti ma'muriyatidagi manbalar Tramp Afg‘onistondagi harbiy missiyani qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Ma’lumotga ko’ra, kelgusi haftalarda yetti mingdan ziyod AQSh harbiy xizmatchisi Afg’onistondan vataniga qayta boshlaydi.

Hozirda, Afg’onistonda xizmat o’tayotgan AQSh harbiylari soni 14 ming atrofida.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Afg'oniston , #Suriya , #harbiy , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar