NATO AQShning Suriya hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishiga munosabatini bildirdi

"AQShning DEAShga qarshi kurash bo’yicha xalqaro koalitsiyaga sodiqligini ijobiy baholaymiz”,-deyiladi NATO bayonotida.

1111009
NATO AQShning Suriya hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishiga munosabatini bildirdi

NATO AQShning Suriya hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi va DEAShning takror uyg’onishiga qarshi ittifoqdoshlar bilan hamkorlik qilishni davom ettirish qarorini inobatga oldi.

NATO rasmiylari ma’lum qilishicha, hozirda Suriyada NATO askari mavjud emas, biroq DEAShga qarshi kurashda qo’llanilgan samolyotlar va Iroqdagi harbiy missiyasi bilan koalitsiyaga hissa qo’shib kelmoqda.

“AQShning Suriyadan o’z qo’shinini olib chiqib ketishi va DEAShning takror uyg’onishiga qarshi tayyor turish maqsadida ittifoqdoshlar bilan hamkorlik qilishni davom ettirishga qaror berganligini e’tiborga oldik. AQShning DEAShga qarshi kurash bo’yicha xalqaro koalitsiyaga sodiqligini ijobiy baholaymiz”,-deyiladi NATO bayonotida.

Ta’kidlanishicha, DEAShning qayta uyg’onishini oldini olish bir majburiyat bo’lib hisoblanadi. Ittifoqdoshlar terror tashkilotlariga qarshi kurash bo’yicha doimiy aloqada bo’lib turibdi.

Shu bilan birga, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg AQShning Suriyadagi missiyasi bilan bog’liq avvalgi kuni AQSh kotibi Mayk Pompeo bilan muloqot qildi.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp avvalgi kuni o’zining Tvitterdagi sahifasida “Biz Suriyada DAISh ustidan g‘alaba qozondik, prezidentligim vaqtida u yerda bo‘lishimizning yagona sababi ham shu edi”,-degan edi.


Oq uy matbuot xizmati kotibi Sarah Sanders: “5 yil oldin DAISh Yaqin sharqda juda katta kuchga ega edi va AQSh endilikda ushbu terror tashkilotini mag’lub etdi. DAIShga qarshi kurashda yangi bosqichga o’tish bilan birga, AQSh harbiylarini Suriyadan olib chiqishni boshladik”,-degan edi.

AQSh kotibligi bergan ma’lumotlarga tayanib matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Suriyadagi AQSh kotibligi xodimlari 24 soat ichida mamlakat hududlarini tark etadi. Qolgan harbiylar esa 2 yoki 3 oy ichida butunlay Suriyani tark etishi rejalanmoqda.


 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #AQSh , #Suriya , #DEASh

Aloqador xabarlar