Rossiya Prezidenti Putin AQShning Suriyani tark etganiga doir hanuz bir ishorat yo’q dedi.

Rossiya Davlat Prezidenti Vladimir Putin, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh9 Suriyani tark etganiga doir hanuz bir ishorat yo’q dedi

1110757
Rossiya Prezidenti Putin AQShning Suriyani tark etganiga doir hanuz bir ishorat yo’q dedi.

Rossiya Davlat Prezidenti Vladimir Putin, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh9 Suriyani tark etganiga doir hanuz bir ishorat yo’q dedi.

Rossiya Davlat Prezident Vladimir Putin, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Suriyadan chekilganiga hanuz bir ishorat ko’rmaganini aytdi.

Rossiya Davlat Prezidenti Putin, Moskvada uyushtirgan yillik matbuoti anjumanida, kuning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Rus lider, AQShning Suriyani tark etish qarori borasida to’xtalib,

“ AQShning chekinish qarori hanuz nima ma’noga kelganini bilmayman, o’lkani tark etganiga doir bir ishorat ko’rmadik” dedi.

Putin;

“AQSh ko’plab marotaba Afg’onistonni tark etishini e’lon qildi faqat hanuz ham  bu o’lkada “ deb qayd etdi.

Vladimir Putin, AQSh qo’shining  Suriyadagi mavjudiyati huquqqa zid ekanini ma’lum qildi.

Putin, bundan tashqari

“ AQSh Prezident Donald Tramp terror tashkiloti DEASh qarshisida g’alaba qozondi  tahliliga umuman qo’shilaman.” Deb qayd etdi.

Suriyada siyosiy yechimga qarata  jarayon davom etganini  ma’lum qilgan Putin,

“ Rossiya sifatida, oktabr oyida Istanbul sammitida, Turkiya, Germaniya va Fransiya bilan olgan qaror jihatida, Suriya konstitutsiya komiteti uchun  qo’limizdan kelganini qilamiz.” Deb qayd etdi.

AQSh mediasi, ertalab, AQSh qo’shini Suriyadagi 2 ming atrofidagi askarini butunlay tark etishini rejalaganini ilgari surgan edi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, Tevitter hisobidan bergan izohda,

“ Prezidentligimiz davrida Suriyada bo’lgan yagona sabab  DEAShni mag’lub etdi.” Deb qayd.

Oq uy voizi Sarah Sanders ham, bergan izohida,

“ DEASh  bilan kurashimiz yangi bosqichga kirish bilan birgalikda, AQSh askarlarini o’lkadan chekishga boshladik.” Degan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Putin , #Suriya , #Askar

Aloqador xabarlar